Yangiliklar

20 Mart 2025

Shaxsiy tarkibning tibbiyot sohasidagi bilimlari mustahkamlanmoqda

Shaxsiy tarkibning salomatligi, hodisa sodir boʻlgan joyda jarohat olgan xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish masalalari yuzasidan tizimda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, malakali shifokorlar tomonidan Navoiy shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari ishtirokida amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Mashgʻulotda xodimlarga qon ketishini toʻxtatish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, birlamchi tibbiy jihozlari, shuningdek, qon toʻxtatish turniketlari, shaxsiy bogʻlov paketlarini ishlatish usullari haqida maʼlumotlar berildi. Amaliy mashgʻulot yakunida shaxsiy tarkib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga malakali mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.