Yangiliklar

2 Yanvar 2026

Xorazm viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari ishtirokida “Stressni yengish va xizmat jarayonida ruhiy barqarorlikni saqlash” mavzusida davra suhbati hamda psixologik trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan stress holatlarini bartaraf etish, xodimlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash va kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat boʻldi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan stressning kelib chiqish sabablari, uning inson salomatligi va xizmat faoliyatiga taʼsiri, shuningdek, stressni boshqarishning samarali usullari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy tavsiya va maslahatlar oldilar.

Psixologik trening mashgʻulotlarida esa turli interaktiv mashqlar, rolli oʻyinlar va psixotexnik usullar orqali stressni yengish, hissiy holatni nazorat qilish, jamoada sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish koʻnikmalari mustahkamlandi. Tadbir ishtirokchilari trening jarayonida faol qatnashib, xizmat jarayonida uchraydigan qiyin vaziyatlarda oʻzini tuta bilish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻldilar.

Mazkur davra suhbati va trening mashgʻulotlari xodimlarning ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularni xizmat vazifalarini masʼuliyat bilan bajarishga yanada ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.