Mahallalarda profilaktik targʻibot tadbirlari olib borilmoqda
Respublika ishchi guruhi vakillari hamda Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarida aholi oʻrtasida profilaktik targʻibot tadbirlari olib borildi.
Jumladan, Xorazm, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida Ichki ishlar hamda Qoʻriqlash boshqarmalari xodimlari tomonidan aholiga zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarini oʻrnatishning afzalliklari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun qulayliklari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Mutasaddilar tomonidan mahallalarni jinoyatdan holi qilish va har bir koʻcha, koʻp qavatli uylar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlash muhimligi taʼkidlandi.
Ushbu vositalarning ishlash tizimi amaliy koʻrsatilib, foydalanish tartiblari tushuntirildi. Sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda qoʻllanilayotgan bu kabi zamonaviy texnik vositalar, albatta hudud xavfsizligi va fuqarolar xotirjamligini taʼminlashga xizmat qiladi. Targʻibotlar natijasida oʻz xonadoni va savdo doʻkonlarini qoʻriqlovga topshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan shartnomalar qilinib, ishonchli himoyaga olindi. Shuningdek, tumandagi koʻp qavatli uylarning kirish qismiga tashvish tugmalari oʻrnatilib, hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillarining jamoat tartibini buzish bilan bogʻliq yoki har qanday huquqbuzarlik holatlar sodir etilganda, xizmatdan foydalanish koʻnikmalari shakllantirildi. Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik targʻibot tadbirlari respublikamiz boʻylab davom etmoqda.