Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻplab daraxt koʻchatlarini ekish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻplab daraxt koʻchatlarini ekish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida shaxsiy tarkib hamda tinglovchilari ham ushbu umummilliy harakatga oʻz hissalarini qoʻshib, markaz hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal darajada amalga oshirishdi.
Jumladan, yer maydoni begona oʻtlardan tozalanib, hudud iqlimiga mos hamda suvsizlikka chidamli boʻlgan manzarali va mevali koʻchatlar ekildi va shakllar keltirilib, daraxtlar ohaklandi.
Albatta, bu kabi ishlar aholining ekologik ongini oshirish, atrof-muhitni saqlash va tabiiy resurslarni tejash borasida muhim rol oʻynaydi.