Qoʻriqlash Departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi
Qoʻriqlash Departamenti Toshkent viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi oʻquv kursini yakunlagan tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi.
Tadbirlarda, oʻquv yigʻinlari davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbirda mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.