Xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy tarix va boy madaniy merosimizga nisbatan hurmat va eʼtiborni kuchaytirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tashrif va sayohatlar tashkil etilmoqda
Xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy tarix va boy madaniy merosimizga nisbatan hurmat va eʼtiborni kuchaytirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tashrif va sayohatlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Fargʻona tarixi davlat muzeyiga tashrif oʻtkazilgan boʻlib, u yerda yurtimizning koʻp asrlik tarixi, noyob madaniy merosi hamda vodiyning oʻziga xos sivilizatsiyasi haqida keng va batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Muzey ekspozitsiyalarida namoyish etilgan tarixiy ashyolar, nodir hujjatlar va xalq amaliy sanʼati namunalari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotib, unutilmas taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash xizmati xodimlari Moʻynaq ekologiya muzeyiga tashrif buyurib, muzey eksponatlari va kartinalari bilan tanishib bordi. Mazkur tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bugungi kunda muzeydagi Moʻynaq ekologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi buyumlar, texnika va rasmlar, eski davrda Orol dengizida aholining boyliklarni ushlab, hayot kechirganligi toʻgʻrisida ham oʻzlariga koʻplab maʼlumotlar olishdi.