Yangiliklar

9 Yanvar 2026

Bugungi kunda xodimlarning dunyoqarashini yanada kengaytirish, aqliy salohiyati hamda tarixiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida qator amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda xodimlarning dunyoqarashini yanada kengaytirish, aqliy salohiyati hamda tarixiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida qator amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash xizmati hamda viloyat Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida xodimlar muzeydagi tarixiy eksponatlar, yirik shaxslar, shuningdek, qadimiy qoʻlyozmalar xususida batafsil tushunchalarga ega boʻlishdi. Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xodimlarning aqliy salohiyatlarini yanada yuksaltirish hamda oʻtgan tarixiy davrdagi maʼlumotlarga ega boʻlishdan iborat.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida, Shahrisabz davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Unda xodimlarga muzey mutasaddilari tomonidan xodimlarga muzey tarixi va qadimiy milliyligimizga oid tarixiy yodgorliklar tanishtirilib, ushbu mavjud eksponatlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Muzeyga uyushtirilgan bu kabi sayohatlar xodimlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.