Yangiliklar

29 Dekabr 2025

Xodimlarning farzandlarini kelajakda barkamol avlod qilib voyaga yetkazish, ularni ota-onalarining mashaqqatli xizmatlari bilan tanishtirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xodimlarning farzandlarini kelajakda barkamol avlod qilib voyaga yetkazish, ularni ota-onalarining mashaqqatli xizmatlari bilan tanishtirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlarining farzandlari uchun “Ota-onam bilan bir kunim” loyihasi doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Mazkur tadbirda Qoʻriqlash xizmatiga tashrif buyurgan bolajonlar xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, xizmat jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Bolalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, otalarining ish joyini koʻrishlari va hatto jihozlarning baʼzi elementlarini sinab koʻrishlari mumkin edi, bu esa ularda alohida qiziqish va jonli aks-sado uygʻotdi.

Ushbu tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, farzandlarimizni Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ota-onalari kabi fidoyi inson boʻlib kamol toptirishdan iborat.