Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida Kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi oʻtkazildi
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashiga aʼzo boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasining 2020–2025 yillardagi faoliyati yuzasidan maʼruzasi yigʻilish qatnashchilariga oʻqib eshittirildi va bajarilgan ishlar muhokama qilindi.
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi va uning aʼzolari hamda taftish komissiyasi raisi va uning aʼzolari saylandi, shu bilan birga kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.
Konferensiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqilib, kasaba uyushma qoʻmitasining raisi va aʼzolari qayta saylandi.