Yangiliklar

22 Mart 2025

Bayram tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamkorlikdagi faoliyat olib borilmoqda

Shu kunlarda respublikamizda bayram kayfiyati davom etmoqda. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda bayram tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamkorlikdagi faoliyatni olib bormoqda.
Navroʻz tantanalarini tinch-osoyishta va saranjom-sarishta oʻtkazish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, tadbirlar oʻtkaziladigan joylar hamda avtoturargohlarga oʻrnatilgan kuzatuv kameralarining sozligini nazorat qilish xodimlar tomonidan tunu kun navbatchilik tashkil etilgan boʻlib, odamlar gavjum boʻladigan koʻchalar va bozorlarda, koʻngilochar dam olish sayilgohlarida mazmunli vaqt oʻtkazayotganlarga chiqindilarni belgilangan joylarga joylashtirish, atrof-muhitga extiyotkorona munosabatda boʻlish va bu borada kelajak avlodga oʻrnak boʻlishga doir tushuntirish-ogohlantirish ishlari belgilangan tartib asosida olib borilmoqda.