Yangiliklar

4 Aprel 2025

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga maxsus ekskursiya tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bilim olish jarayoniga kengroq eʼtibor qaratish maqsadida, Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga maxsus ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tadbir xodimlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirishda katta ahamiyat kasb etdi.

Ekskursiya davomida kutubxona vakillari xodimlarga Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining tarixi, faoliyati va bu yerda mavjud nodir qoʻlyozmalar, elektron resurslar hamda zamonaviy kutubxona xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, Qoʻriqlash xodimlari kitob fondi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Tadbir davomida xodimlarga kitob oʻqishning foydalari, mutolaa madaniyati va zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim olish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Kelgusida bunday tadbirlarning doimiy ravishda oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, u kitobxonlik targʻiboti va madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.