Davlatimiz rahbarining mamlakatimizda Qoʻriqlash faoliyati sohasini samarali tashkil etish borasidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash, shuningdek obyektlarning qoʻriqlovini samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi tomonidan Surxondaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borildi
Davlatimiz rahbarining ichki ishlar organlarining Qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida qoʻriqlash faoliyatini tubdan isloh qilish, Qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida qoʻriqda boʻlgan oʻta muhim va toifalangan hamda xalq xoʻjaligi obyektalarining texnik mustahkamlik holatlari, xodimlarning xizmat oʻtash sharoiti va taʼminlanganlik darajasi, shuningdek jangovar tayyorgarlik holati bilan tanishildi. Obyektlar rahbarlari bilan uchrashilib, qoʻriqlanayotgan hududlarning xavfsizligini oshirish va raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek Qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmat qilib kelayotgan farzandida nogironligi boʻlgan xodimlarning oilasi bilan ham muloqotlar tashkil etildi. Xodimlarning farzandlari uchun barcha shart sharoit va imkoniyatlar yaratilib berishi uchun viloyat Qoʻriqlash xizmati masʼullariga vazifalar yuklandi.
Qoʻriqda boʻlgan 6000 dan ortiq obyekt va 5 000 dan ortiq xonadonlarning texnik mustahkamlik holatlarini qayta nazoratdan oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va bildirilgan takliflar yuzasidan boshqaruv apparati xodimlariga koʻrsatmalar berilib, barcha zaruriy vositalar ajratildi.
Masʼullarga Qoʻriqlash boʻlinmalari monitoring markazlari faoliyatni ichki ishlar organlari navbatchilik qismlar bilan uzviy bogʻlash, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyatini sohaviy xizmatlar bilan birgalikda tashkil etish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarda hamkorlikda harakatlanishlarini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.