Hududlarni jinoyatchilikdan holi hududga va tinch maskanga aylantirish borasida Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy xizmatlari tomonidan "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikdagi profilaktik-targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Mahallalarni xavfsiz hamda jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan doimiy ravishda keng qamrovli profilaktik uchrashuvlar, targʻibot tashviqot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Uchrashuvlarda Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan aholiga jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari, videokuzatuv kameralarining natijadorligi, qoʻriqlash xizmati turlari hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning imkoniyatlari haqida soʻz yuritilib, taklif etilayotgan “Aqlli uy” loyihasi xususida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Jamoatchilikning fikr mulohazalari asosida mahallalardagi mavjud koʻchalar va yoʻlaklarni namunali va xavfsiz etish borasida rejalar belgilanib amaliy ishlar tashkil etilgan. Koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga tashvish tugmalari oʻrnatilib, koʻcha va yoʻlaklar kuzatuv kameralari bilan bosqichma-bosqich jihozlanmoqda. Shuningdek, mahallalar va unga tutash hududlardagi obyektlar, bozorlar va savdo markazlarida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlanib, bu orqali hududni onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyati yaratildi va kechayu-kunduz xavfsizligi taʼminlanmoqda.
Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi doirasidagi amaliy ishlar mahallalar kesimida Qoʻriqlash Departamenti tomonidan "Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish" ustuvor vazifa shiori ostida davom etmoqda.