Xodimlar uchun navbatdagi psixologik treninglar tashkil etildi
Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalarida psixolog mutaxassislari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida treninglar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, bu kabi treninglar kuni kecha Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalarida xizmat qilayotgan xodimlari ishtirokida tashkil etildi.
Treninglar davomida psixologlar taʼkidlaganidek, kasbiy faoliyatda shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qatʼiy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida oʻrin tutadi. Bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida xizmat faoliyati davomida va oilaviy munosabatlarda hamda doʻstlari davrasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ziddiyatlarning mohiyatini tahlil qilish va hal etish, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishdan iborat ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Shuningdek, xodimlar shaxslararo muloqotga kirishganda ishlatiladigan birinchi soʻzlar qanchalik tabiiy va tushunarli boʻlsa, ular bilan samimiy muloqot shunchalik tez oʻrnatilishi va oson rivojlanishi turli oʻyinlar hamda hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Mashgʻulotlar yakunida xodimlarning qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javoblar berib oʻtildi.