Fargʻona viloyati Qoʻriqlash xizmati boshligʻi tashabbusi bilan mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash xizmati boshligʻi tashabbusi bilan Yozyovon tumanidagi qizil toifaga kiruvchi "Yangiobod” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda yoʻl xaritasi ijrosini taʼminlash masalalari yuzasidan IIB masʼullari, xokim oʻrinbosari, "mahalla yettiligi" va faollari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda, mavjud muammolar, huquqbuzarliklarni bartaraf etish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Sabab va omillarni oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi. Hududni qizil toifadan chiqarish yuzasidan aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng masʼullar joylarga chiqib fuqarolar bilan suhbat oʻtkazilib, mahalladagi mavjud ijtimoiy muammolar muhokama qilindi.