Yangiliklar

6 Dekabr 2025

Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi rahbarligida boshqarmaga biriktirilgan mahallalarda oʻrganish ishlari olib borildi. Tekshiruv jarayonida mahallalardagi jamoat xavfsizligi holati, Qoʻriqlash xizmati xodimlarining xizmat oʻtash intizomi, joylardagi profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi bilan hamkorlik darajasi oʻrganildi.

Shu bilan birga, qoʻriqlovdagi obyektlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning kundalik xizmat faoliyati, xizmat davomida qoʻllanilayotgan texnika va qurollar holati, obyektlarning qoʻriqlanish darajasi, xodimlarning hushyorlik va masʼuliyat bilan yondashuvi ham atroflicha tahlil qilindi.

Tezkor harakatlanuvchi guruhlarning chaqiriqlarga yetib kelish vaqti, ularning harakat taktikasi, joylarda vaziyatga tez va toʻgʻri baho berish qobiliyati, zarurat tugʻilganda koʻriladigan chora-tadbirlar ham oʻrganib chiqildi.

Bundan tashqari, monitoring markazlarining faoliyati, obyektlarni real vaqt rejimida kuzatish jarayonlari, xodimlarning raqamli nazorat vositalaridan foydalanish samaradorligi va signallarga javob qaytarish tezligi batafsil tekshirildi.

Umuman olganda, olib borilgan oʻrganishlar natijasida qoʻriqlash xizmati faoliyatidagi mavjud imkoniyatlar, yechim talab etuvchi masalalar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.