Yangiliklar

16 Yanvar 2026

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlarining Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrifi

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash xizmati tomonidan xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish maqsadida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, tarixiy joylarga sayohatlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Shu doirada xodimlar Guliston davlat universiteti huzurida faoliyat yuritayotgan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xodimlar qatagʻon yillarida taʼqibga uchragan, Sirdaryo viloyatida yashab ijod va faoliyat olib borgan fidoyi insonlar hayoti, shuningdek, ularning Vatan ozodligi va mustaqilligi yoʻlidagi jasoratli kurashlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Mazkur sayohat xodimlarda tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik va fidoyilik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.