Yangiliklar

11 Yanvar 2026

Qoʻriqlash departamentining hududiy xizmatlari xodimlari ishtirokida, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilish maqsadida tekshiruv va nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan tadbirda rahbariyatlar va hududlardagi IIB JXX YHXB masʼullari tomonidan haydovchi va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish muhimligi, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi. Avtotransport vositasini boshqarganda tezlikni oshirmaslik, chalgʻimaslik, doimo sergak boʻlish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Barcha shaxsiy tarkib, yangi tahrirdagi yoʻl harakati qoidalarini oʻrganishi lozimligi aytib oʻtildi.

Uchrashuvlar yakunida masʼullar tomonidan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining sozligi, texnik holati ham koʻrikdan oʻtkazildi. Xodimlar yoʻllarda yurgan vaqtlarida harakat ishtirokchilarini hurmat qilishlari, belgilangan qoidalarga amal qilishlari lozimligi yana bir bor eʼtirof etildi.