Bugungi kunda ekologik xavfsizlikni taʼminlash jamiyat va davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etish barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridandir
Bugungi kunda ekologik xavfsizlikni taʼminlash jamiyat va davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etish barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridandir.
Shu munosabat bilan Fargʻona viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining masʼul xodimlari ishtirokida “Ekologik xavfsizlik – davr talabi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda ekologik xavfsizlikni taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻrni, tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar atrof-muhitni asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish hamda xizmat faoliyati davomida ekologik talablarga qatʼiy rioya etish boʻyicha oʻz fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir oʻzaro tajriba almashish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.