Yangiliklar

7 Yanvar 2026

Qoʻriqlash xizmati xodimlari va ularning oilalari bilan yaqin muloqot

Namangan viloyati Qoʻriqlash xizmati psixologik taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan xizmatda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan tizimli ravishda psixologik ishlar olib borilmoqda. Xususan, xodimlar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etilib, ularning xizmat faoliyati, ruhiy holati hamda ijtimoiy-maishiy muammolari oʻrganilmoqda.

Shuningdek, xodimlarning oilaviy sharoitlarini bevosita oʻrganish, oiladagi psixologik muhitni baholash hamda mavjud muammolarni barvaqt aniqlash maqsadida ularning xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda.

Tashriflar davomida yashash sharoitlari, oila aʼzolari bilan munosabatlar, farzandlar tarbiyasi va xizmat bilan bogʻliq ruhiy zoʻriqishlar yuzasidan atroflicha suhbatlar oʻtkazilmoqda.