Yangiliklar

6 Dekabr 2025

Fargʻona shahrining “qizil” toifaga kiruvchi Shakarqishloq mahallasida profilaktika kuni doirasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi

Fargʻona shahrining “qizil” toifaga kiruvchi Shakarqishloq mahallasida profilaktika kuni doirasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbirlar Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Patrul-post xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilib, ularning asosiy maqsadi — jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat boʻldi.

Tadbir boshlanishida xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib, rahbariyat tomonidan “qizil” toifali hududda amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar, xavfsizlik qoidalari va profilaktik ishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Shundan soʻng, xodimlar xonadonma-xonadon yurib aholi bilan suhbatlar olib bordi. Suhbatlar davomida mahalla fuqarolariga jinoyatchilikning oldini olishda ularning faol ishtiroki va shaxsiy masʼuliyatining muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Aholiga ichki tartib-intizomga rioya qilish, qoʻshnichilik nazoratini kuchaytirish, shubhali holatlar yuzasidan tezkor xabar berish kabi masalalar borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olinib muammolarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga kerakli koʻrsatmalar berildi.

Bunday “xonadonma-xonadon” targʻibot ishlari jinoyatchilik profilaktikasida samarali usullardan biri boʻlib, mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.