Respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar, koʻp qavatli uylar hamda markaziy koʻchalar atrofiga turli koʻchatlar ekilmoqda hamda ularning parvarishi taʼminlanmoqda. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti masʼullari tomonidan ham belgilangan hududlarda ushbu jarayon uzluksiz tashkil etilmoqda.

Jumladan, ushbu tadbirda keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari xodimlari ham ishtirok etib, gujum, katalpa va klyon, akatsiya, kashtan, pavlovniya, chinor, qayragʻoch, terak, bodom va boshqa manzarali koʻchatlar, shuningdek, odamlar koʻngliga xush yoqadigan va yoqimli ifor taratadigan rayhon, lavanda, gultojixoʻroz, xrizantema singari gullar ekildi.
Mahallalarda daraxtlarning qurigan shoxlari kesilib, atrof koʻkalamzorlashtirildi. Ichki yoʻl chetlariga turli navdagi nihollar va boshqa manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, ariqlar tozalandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ushbu azaliy qadriyat yana bir bor hammani bir maqsad atrofida birlashtirdi.
Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad – xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.