Davlatimiz rahbarining ichki ishlar organlari tizimida qoʻriqlash sohasi faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatda qoʻriqlash faoliyatini yanada rivojlantirish, Qoʻriqlash boʻlinmalari ishini samarali tashkil etish hamda xizmat sifatini oshirishga qaratilgan oʻrganishlar amalga oshirildi
Davlatimiz rahbarining ichki ishlar organlari tizimida qoʻriqlash sohasi faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatda qoʻriqlash faoliyatini yanada rivojlantirish, Qoʻriqlash boʻlinmalari ishini samarali tashkil etish hamda xizmat sifatini oshirishga qaratilgan oʻrganishlar amalga oshirildi.
Oʻrganishlar davomida qoʻriqda boʻlgan oʻta muhim, toifalangan va xalq xoʻjaligi obyektlarining texnik mustahkamlik holati, zamonaviy qoʻriqlash vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi, xodimlarning xizmat oʻtash sharoiti hamda jangovar va kasbiy tayyorgarlik holati atroflicha oʻrganildi. Shuningdek, obyektlar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, qoʻriqlanayotgan hududlar xavfsizligini yanada oshirish, raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash xizmatiga qarashli sport majmuasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, sportchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlar oʻtkazildi. Qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmat qilayotgan, farzandida nogironligi boʻlgan xodimlarning oilalari bilan ham alohida uchrashuvlar tashkil etildi. Xodimlar farzandlari uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berish yuzasidan viloyat Qoʻriqlash xizmati masʼullariga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, qoʻriqda boʻlgan 8000 dan ortiq obyekt va 11 000ga yaqin xonadonlarning texnik mustahkamlik holatlarini qaytadan toʻliq nazoratdan oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish maqsadida boshqaruv apparati xodimlariga tegishli koʻrsatmalar berilib, zarur moddiy-texnika vositalari ajratildi.
Masʼul rahbarlarga Qoʻriqlash boʻlinmalari monitoring markazlari faoliyatini ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari bilan uzviy bogʻlash, tezkor harakatlanuvchi guruhlar faoliyatini sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda tashkil etish, shuningdek jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni fosh etishda oʻzaro hamjihatlikda harakat qilish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.